Jo'rabek - Hammasi yolg'on

Jo'rabek

Hammasi yolg’on

Qalbim havotirda sendan hamon,
Yuraging xavf ostida, ishon.
Menga qasd qilaman deb,
Baxting etma xazon.

Sevgimizni qaytarish emas,
Maqsadim senga bermoq yordam.
Rashkimni istab sen u bilan,
U esa foydalanar shundan.

Hammasi yolg`on,
Rejalaring barchasi yolg`on.
Bu fursat seni aldashga
Unga zo`r imkon.

Hammasi yolg`on,
Rejalaring hammasi yolg`on.
U bilan baxting mavjud emas, ishon.
Hammasi yolg`on,
E’tiboring hammasi yolg`on,
So`nggi bor so`zlarimga ishon, ishon.

Mayli, yomon ko`rgin meni, aybla,
Loyiqman barcha jazoyingga.
Chiroylisan, arzimasman
Ko`z yoshlaringga.

Menga nasib etmagan bu baxt,
Hech bo`lmasa seniki bo`lsin.
Rashk emas bu,
Seni o`ylab so`nggi iltimos.

Hammasi yolg`on,
Rejalaring barchasi yolg`on.
Bu fursat seni aldashga
Unga zo`r imkon, yey.
Hammasi yolg`on,
Rejalaring hammasi yolg`on.
U bilan baxting mavjud emas, ishon.
Hammasi yolg`on,
E’tiboring hammasi yolg`on,
So`nggi bor so`zlarimga ishon, ishon. (x1+x1)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Hammasi yolg’on
Xonanda:
Jo'rabek
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 23, 2017