• Jo'rabek - Laylim

    Jo'rabek

    Laylim

    Ko`zlaringni sog`inganda dilbari jonim,
    Yana yoningga tortadi shirin xayollarim.
    Fasli muhabbat ochganda bog` aro chiroy
    Sababini indamasdan parvoz etadi qalb sen tomonga.

    O mani-mani laylim, e jonim,
    O mani-mani dilbari borim,
    Sani ishqingda mastu-mastuman, ming ovoraman,
    Dil davo topolmay.

    O mani-mani laylim, e jonim,
    O mani-mani dilbari borim,
    Yana ming bora salomlar etar
    Mendan bu qo`shiq senga.

    Sog`inib dil so`zlaringni, mehribonginam,
    Kunlarim tez o`tar, tunlar esa o`tar uzun, hey.
    Atirgul g`uncha ochganda mast etib dilni,
    Yo`llaringga parvona bo`lar yana majnun-devonalar.

    O mani-mani laylim, e jonim,
    O mani-mani dilbari borim,
    Sani ishqingda mastu-mastuman, ming ovoraman,
    Dil davo topolmay.
    O mani-mani laylim, e jonim,
    O mani-mani dilbari borim,
    Yana ming bora salomlar etar
    Mendan bu qo`shiq senga. (x1+x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.