Jo'rabek - Sevaman

Jo'rabek

Sevaman

Sog`inganda ko`zlaringni, jonginam,
Angladim – suvdek zarur ekansan.
Esda qolarkan go`zal tuyg`ular,
Yig`latarkan birinchi so`zlar.

Sevaman daryoday toshib,
Sevaman, tog`larday dodim,
Sevaman dunyolarga sig`may.

Sevaman, bemorman yoki
Sevaman – balki gunohim.
Sevaman nechun o`zim bilmay?
Sevarman nechun o`zim bilmay?

Nafas yetmay qolarkan yo`qligingda,
Yurakka qul bo`lar vujuding ham.
Gar yo`qsan, dunyo begona menga,
Quvonch ko`rmay yasharman bo`lmasang.

Sevaman daryoday toshib,
Sevaman, tog`larday dodim,
Sevaman dunyolarga sig`may.

Sevaman, bemorman yoki
Sevaman – balki gunohim.
Sevaman nechun o`zim bilmay?
Sevarman nechun o`zim bilmay?

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sevaman
Xonanda:
Jo'rabek
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 9, 2017