• Jo'rabek - Vay-vay

    Jo'rabek

    Vay-vay

    Xayollarim ila termulib qoldim,
    Yuragimni mening egallab olding.
    Sehrli dunyoni men topdim
    Ko`zlaringda, sevgilim.

    E’tibor ber mening qalbimga,
    E’tibor ber chin so`zlarimga,
    Yetti uxlab, bir bor tushimga
    Kirmagan orzuyimsan.

    Sevgi shamoliday mayin
    Nozli so`zlaring.
    Dunyo ham uxlab qolgandek
    Chiroyingdan, vay-yay, yay-yay.

    Ay-ay-ay, bu ko`zlaringday
    Go`zallikni men ko`rmaganman, eey.
    Vay-vay-vay, doimo shunday
    Orzular ro`yodan yiroqday, vo`-o`-o`.

    Bay-bay-bay, shirin lablaring
    Jannatdan kelgan mevalarday, eey.
    Bay-bay-bay, nega men bugun
    Go`yo hech qachon sevmaganday?

    Kechalarim ila tongim almashdi,
    Qayg`ular o`rniga quvonch almashdi.
    Senga tuyg`ularim dengizday toshdi,
    Mehribonim, sevgilim.

    Yana ming bor sening oldingda,
    Yana ming bor shodlanar qalbim.
    Kuylarimning sababchisisan,
    Erkatoyim, asalim.

    Sevgi shamoliday mayin
    Nozli so`zlaring.
    Dunyo ham uxlab qolgandek
    Chiroyingdan, vay-yay, yay-yay.

    Ay-ay-ay, bu ko`zlaringday
    Go`zallikni men ko`rmaganman, eey.
    Vay-vay-vay, doimo shunday
    Orzular ro`yodan yiroqday, vo`-o`-o`.

    Bay-bay-bay, shirin lablaring
    Jannatdan kelgan mevalarday, yeey.
    Vay-vay-vay, nega men bugun
    Go`yo hech qachon sevmaganday?

    (Ay-ay-ay, bu ko`zlaringday
    Go`zallikni men ko`rmaganman, eey.
    Vay-vay-vay, doimo shunday
    Orzular ro`yodan yiroqday, day-dayday.)

    Ay-ay-ay, bu ko`zlaringday
    Go`zallikni men ko`rmaganman, eey.
    Vay-vay-vay, doimo shunday
    Orzular ro`yodan yiroqday, vo`-o`-o`.

    Bay-bay-bay, shirin lablaring
    Jannatdan kelgan mevalarday, yeey.
    Vay-vay-vay, nega men bugun…

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

    O'xshash qo'shiqlar matnlari