• Kamilla - Yurak urar

    Kamilla

    Yurak urar

    Yana yomg’irlar yuvadi,
    Qalblarda sevgi uyg’onadi,
    Bu kun o’zgardi kun.
    Qo’limda tonggi shirin qahva,
    Hayot go’zal, go’yo bir sahna,
    Sen tomon, sen tomon.

    Tuk-tuk yurak urar,
    Tuk-tuk yurak urar,
    Ko’rib qolsam tamom, men seni.
    Taram-tum musiqa, tarmoqda yo’q aloqa,
    Endi holim yomon.

    Endi tamom, holim yomon,
    Menga ishon, endi tamom.

    O’tkir nigoh-la qarayverma,
    Kayfiyatimni so’rayverma,
    Sen hamon, sen hamon.
    Ichimda bor sirli muhabbat,
    Bilintirgim kelmaydi faqat,
    Sen ishon, sen ishon.

    Tuk-tuk yurak urar,
    Tuk-tuk yurak urar,
    Ko’rib qolsam tamom, men seni.
    Taram-tum musiqa, tarmoqda yo’q aloqa,
    Endi holim yomon.

    Endi tamom, holim yomon,
    Menga ishon, endi tamom.