Onang hayot ekan ko`tar boshingga,
Uni yo`qla har daqiqa, har damda. (x2)
U qo`l cho`zsin avval suzgan oshingga,
Onang erur eng ulug` zot olamda. (x2)

Xizmatiga bosh eg o`tirgan joyida,
Onang o`tib ketsa, yig`lash ne foyda? (x2)
Onadek chin mushtoq mehribon qayda?
Duosini olib qol bu dunyoda. (x2)

Bir hovuch tuproqdan erur aslimiz,
Odam Ato, Momo Havo naslimiz. (x2)
Odamzot maymundan tarqagan emas,
Iymonli kishi bu so`zlarni demas. (x2)

Millati bittadir zoti insonning,
Maskani ham bitta zoti insonning.
Millati ham bitta zoti insonning,
Maskani ham bitta zoti insonning.

Donolar hikmati hammasi rostdir,
Odamzot bolasi birodar do`stdir. (x2)

Onadan tug`ilgan har bitta inson,
Ona bilan go`zal bu yorug` jahon.

Onani xo`rlagan topmaydi kamol,
Noqobil farzandning umridir zavol. (x2)
Hakimiy onalar poyini o`par,
Unga ergashganlar baraka topar. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ona madhi
Xonanda:
Kamoliddin Rahimov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 22, 2016