• Kamoliddin Rahimov - Salomatlik kerak

    Kamoliddin Rahimov

    Salomatlik kerak

    Yaxshi niyatli kishi olamda chin inson demak,
    Yaxshi niyat bo`lmasa, yo`q unda insoniy yurak. (x2)
    Istagim izhor etay, odil guvohim bo`l falak,
    El uchun, davrim uchun qalbimda ko`p ezgu tilak:
    Avvalo tinchlik bilan do`stlik, salomatlik kerak. {x2}

    Xizmat aylab elni shod etmoq hamisha niyatim,
    Ta’zimiga yangi oy misli egarman qomatim.
    Faxr etardim elga yoqsa arzimas bu san’atim,
    Bir umrdirki dilimdan joy olib bu bir tilak:
    Avvalo tinchlik bilan do`stlik, salomatlik kerak. {x2}

    Lahza-lahza mehrim ortar, mehribonimdir elim,
    Har biri jismimda jon, ruhi-ravonimdir elim.
    Davlatim ham qudratim, nomu nishonimdir elim,
    Behisob xalqim uchun qalbimda bu mangu tilak:
    Avvalo tinchlik bilan do`stlik, salomatlik kerak.

    Har birin ko`rgan sari ko`nglim ochilgay bog`u-bog`,
    Ko`zlari tushsa ko`zimga, dil aro yongay charog`.
    Ko`rmayin xalqim dilida zarracha armonu dog`,
    Fikrimu zikrim doimo Chustiy bilan ushbu tilak:
    Avvalo tinchlik bilan do`stlik, salomatlik kerak. {x2}

    Avvalo tinchlik bilan do`stlik, salomatlik kerak.