Yosh edim, yoshligim ketmaydi debman,
Bu masrur lahzalar bitmaydi debman,
Otam, onam aslo o`tmaydi debman,
Adashdim, ey voh, adashdim.

To abad qalbimni g`ashlab ketdilar,
Chorasiz ko`zlarim yoshlab ketdilar,
Bir-birin baqoga boshlab ketdilar,
Adashdim, ey voh, adashdim.

Ko`nglimda g`amlarning adosi qoldi,
Kimningdir faryodu nidosi qoldi, (x2)
Onamning so`nggi bor duosi qoldi,
Adashdim, ey voh, adashdim.

Hasratim dunyoga sig`maydi, yo Rab,
Armonim bag`rimni tig`laydi, yo Rab, (x2)
Yetimlik Karimdek yig`laydi, yo Rab,
Adashdim, ey voh adashdim.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Adashdim
Xonanda:
Kamoliddin Rahmatov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 12, 2016