Azim dunyo, sehrli dunyo,
Halim dunyo, mehrli dunyo,
Zolim dunyo, qahrli dunyo,
Ajab dunyo, ajab dunyosan.

Zolim dunyo, qahrli dunyo,
Ajab dunyo, ajab dunyosan.

Kenglarga keng, torlarga torsan,
Yo`qsilga yo`q, borlarga borsan, (x2)
Bog`larda gul, tog`larda qorsan,
Ajab dunyo, ajab dunyosan. (x2)

G`ami ado bo`lmas dunyosan,
Kami ado bo`lmas dunyosan, (x2)
Ketgan qaytib kelmas dunyosan,
Ajab dunyo, ajab dunyosan. (x2)

Koshonasan, kimga vayrona,
Kimga oshno, kimga begona, (x2)
Chin dunyoga o`zing ostona,
Ajab dunyo, ajab dunyosan. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ajab dunyo
Xonanda:
Kamoliddin Rahmatov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 27, 2016