• Kamoliddin Rahmatov - Birov bilmaydi

    Kamoliddin Rahmatov

    Birov bilmaydi

    Qiynab mani qoshi qalamlar,
    Qo`shiq ayting, deydi sanamlar,
    Yuragimda qancha alamlar,
    Faqat buni birov bilmaydi.

    Yuragimda qancha alamlar,
    Faqat buni birov bilmaydi.

    Sevgi dardi davlatim bo`ldi,
    Majnunligim shuhratim bo`ldi, (x2)
    Armon sodiq ulfatim bo`ldi, {x2}
    Faqat buni birov bilmaydi. {x2}

    Faqat buni birov bilmaydi, dod,
    Faqat buni birov bilmaydi.

    Men kuylasam she’rlarim yig`lar,
    Ko`nglimdagi sirlarim yig`lar, (x2)
    O`tgan umrim, yillarim yig`lar, {x2}
    Faqat buni birov bilmaydi. {x2}

    Faqat buni birov bilmaydi, dod,
    Faqat buni birov bilmaydi.

    Aytolmasam qo`shiq, sanamlar,
    Ranjimang hech qoshi qalamlar. {x2}

    Aytolmasam qo`shiq, sanamlar,
    Ranjimang hech qoshi qalamlar, {x2}
    Kuylay desam, qo`ymas alamlar, {x2}
    Faqat buni birov bilmaydi. {x2}

    Faqat buni birov bilmaydi, dod,
    Faqat buni birov bilmaydi. {x3}
    Faqat buni birov bilmaydi, dod-ey,
    Faqat buni birov bilmaydi. (x3)