Ey, yuzingiz oydekkina,
Qoshingiz yoydekkina,
Hech kimga parvo qilmay
O`tasiz boydekkina.

Hech kimga parvo qilmay
Turasiz boydekkina.

Dadasiga erka qiz,
Ayasiga erka qiz, (x2)
Ishqingiz yuragimni
Qildi tilka-tilka qiz.

Ishqingiz yuraklarni
Qildi tilka-tilka qiz.

Hey, qaramasangiz bizga,
Nima ham derdik sizga,
Mag`rur bo`larkan qizlar
Kirganda o`n sakkizga.

Mag`rur bo`larkan qizlar
Kirganda o`n sakkizga.

Kulishlariga gap yo`q,
Turishlariga gap yo`q, (x2)
Tovus kabi sallona
Yurishlariga gap yo`q. (x2)

Dadasiga erka qiz,
Ayasiga erka qiz, (x3)
Ishqingiz yuraklarni
Qildi tilka-tilka qiz. (x2)

O`rgilay fe’lingizdan,
Achchiqroq tilingizdan, (x2)
Mehringizni qozonib,
Joy olay dilingizdan. (x2)

Chidaymiz nozingizga,
Nozu arozingizga, (x2)
Qishlardan omon chiqsak,
Yetarmiz yozingizga. (x2)

Dadasiga erka qiz,
Ayasiga erka qiz, (x2)
Ishqingiz yuraklarni
Qildi tilka-tilka qiz. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Erka qiz
Xonanda:
Kamoliddin Rahmatov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 6, 2016