• Xo`b ajoyib dam edi yonimda yor o`lg`on kecha,
    Toleim, baxtim kulib, dil lolazor o`lg`on kecha.

    Shodligim ko`ksimga sig`mas bu yurak o`ynog`idan,
    Fosh o`lib pinhona ishqim, oshkor o`lg`on kecha.

    Xo`b ajoyib dam edi yonimda yor o`lg`on kecha…

    Zulfi ko`ksiga tushib, xolini berkitdi shoshib,
    Dil qushi haddin oshib qalb beqaror o`lg`on kecha.

    La’l, yoqutlar sochib, so`zlarda har damda cho`chib,
    Hushim boshimdan uchib, til yo`g`u bor o`lg`on kecha.

    Xo`b ajoyib dam edi yonimda yor o`lg`on kecha…

    Oshinolik baxtidan, o`z sevganimning ahdidan,
    Yor visolin naqdidan dil beg`ubor o`lg`on kecha.

    Sen shukur qilg`ilki, Mirzo, telbalik ham endi bas,
    Ul ko`ngil ahdida turmay qop-qaro o`lg`on kecha.

    Xo`b ajoyib dam edi yonimda yor o`lg`on kecha,
    Bu ajoyib dam edi yonimda yor o`lg`on kecha… (x2)