Har gal bahor kelsa nur sochib,
Qorlar ketar tog`larga qochib.
So`zlay desam ko`nglim ochib,
Sizni qaydan topay, onajon?

Mehringizga bir to`yay desam,
Erkalanib bir suyay desam,
Ko`ksingizga bosh qo`yay desam,
Sizni qaydan topay, onajon?

Izlab, izlaringiz axtarib,
Ortingizda qoldim sarg`arib,
Endi men ham, dunyo ham g`arib,
Sizni qaydan topay, onajon,
Sizsiz qandoq qilay onajon?

Oh, yo`q ekan ajalga omon,
Endi bag`rim timdalar armon,
Yo`qligingiz bilindi yomon,
Sizni qaydan topay onajon?

Qalbimda tig` urgan bu dunyo,
Azoblarim ko`rgan bu dunyo,
Sizni sig`dirmagan bu dunyo,
Sizni qaydan topay, onajon,
Sizsiz qandoq qilay, onajon?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Onajon
Xonanda:
Kamoliddin Rahmatov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 9, 2016