Kamoliddin Rahmatov - Qaldirg'och

Kamoliddin Rahmatov

Qaldirg’och

Yo`llar yurib, mo`l yurib, horib kelgan qaldirg`och,
Qanotida bahorni olib kelgan qaldirg`och,
Qarg`alardan zog`lardan g`olib kelgan qaldirg`och,
Seni qaro qoshingga jon kerakmi, ol, qushim,
Kel uyimni to`ldirib, ayvonimda qol qushim.

Bu samo peshtoqida har qushning o`z izi bor,
Qush tilini qush bilar, banda bilmas so`zi bor,
Har tirik jonni asli sevgan bir gul yuzi bor,
Mendek diling qulmasmu, bu senga savol qushim,
Kel uyimni to`ldirib, ayvonimda qol qushim.

Senga boqsam nogahon, qush bo`lgim kelar mening,
Qanotlaring qaddida hush bo`lgim kelar mening,
Bu bevafo dunyoga xush bo`lgim kelar mening,
Mahmudga bahorlarda sen oppoq xayol qushim,
Kel uyimni to`ldirib, ayvonimda qol qushim,
Qaldirg`och, qaldirg`och, qushim…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qaldirg’och
Xonanda:
Kamoliddin Rahmatov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 15, 2016