• Kamoliddin Rahmatov - Qo'shiqlarim bor

    Kamoliddin Rahmatov

    Qo’shiqlarim bor

    Qo`ldan tushmas sozim, ey do`st, bir nafas,
    Kuylasam dardlarim, bedard anglamas.
    Qo`ldan tushmas sozim, ey do`st, bir nafas,
    Kuylayman dardlarim, bedard anglamas.

    Chaman bulbulari qilgudek havas,
    Hali aytilmagan qo`shiqlarim bor. (x2)

    Deydilar: bulbulga gul bo`lsa bo`ldi,
    Ko`ngil izhoriga til bo`lsa bo`ldi, (x2)
    Menga meni tinglar el bo`lsa bo`ldi,
    Hali aytilmagan qo`shiqlarim bor. (x2)

    Yomonlar zulmidan afg`ona ohim,
    Qo`shiq aytmoq bo`ldi yolgiz gunohim. (x2)
    Yomonlarga insof bergil Ollohim,
    Hali aytilmagan qo`shiqlarim bor. (x2)

    Vafo qilmas soxta shuhrat-e’tibor,
    Olloh uzi aziz qilmasa bekor. (x2)
    Qalbimda, ey Karim, toza beg`ubor,
    Hali aytilmagan qo`shiqlarim bor. (x2)

    Hali aytilmagan qo`shiqlarim bor… {x2}