Ko`zimga qatra yosh ilingan chog`lar,
Ko`ksim tikanlarga tilingan chog`lar,
Ayriliq azobi bilingan chog`lar,
Suyanchim sen bo`lding, aziz san’atim. {x2}

Dunyo g`amlaridan sabrim bitsa ham,
Qalbimni quzg`unlar, zog`lar titsa ham,
Ishongan do`stlarim tashlab ketsa ham,
Ishonchim sen bo`lding, aziz san’atim. {x2}

Telba dunyo mani ming ko`yga solsa,
G`arazli nigohlar yoqamdan olsa, (x2)
Bechora bu ko`nglim yolg`izlab qolsa,
Tayanchim sen bo`lding, aziz san’atim. {x2}

Boshimga yog`dirib turfa balolar,
Ko`nglim siyoh qilsa ko`ngli qarolar, (x2)
Mehribon onamdek qilib duolar,
Yupanchim sen bo`lding, aziz san’atim. {x2}

San’atim, qadringni, ayt, kimlar bilur?
Ko`ngli ishq dardidan yarimlar bilur,
Seni jondan sevgan Karimlar bilur,
Quvonchim sen bo`lding, aziz san’atim. {x2}

Ishonchim sen bo`lding, aziz san’atim,
Yupanchim sen bo`lding, aziz san’atim.

Ushbu qo’shiq matni uchun Avazbek Mamatqulovga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
San’atim
Xonanda:
Kamoliddin Rahmatov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 12, 2016