• Kamoliddin Rahmatov - Yigit yig'lasa

    Kamoliddin Rahmatov

    Yigit yig’lasa

    Parvo qilmam qizlar yig`lasa,
    Balkim yoshlik tuyg`usidir ul.
    Balkim yoshlik tuyg`usi emas,
    Erkalikning belgisidir ul.

    Lekin ko`nglim berolmas bardosh,
    O`ksib agar yigit yig`lasa.
    Yigit asli yig`lamas, biroq
    Yomon agar yigit yig`lasa.

    Bu dunyoning qo`rg`oni obod,
    Yigit bilan tirikdir hayot.
    Gar bosh egib qolsa o`g`loni,
    Paydo bo`lar shu yurtda sayyod.

    Hech bir yigit chekmasin faryod,
    Yomon agar yigit yig`lasa.
    Vatan yig`lar, Vatan yig`lar,
    Vatan yig`lar yigit yig`lasa.

    Yomon, yomon yigit yig`lasa,
    Tog`lar cho`kib kul bo`lgusidir.
    Bog`lar xazon, gullar za’faron,
    Yurt dushmanga yo`l bo`lgusidir.

    Boshda sirtmoq, oyoqda zanjir,
    Xalq dushmanga qul bo`lgusidir.
    Ey Sadoiy, yigit yig`lasa,
    Hayhot, agar yigit yig`lasa.

    Vatan yig`lar, Vatan yig`lar,
    Vatan yig`lar yigit yig`lasa. (x2)
    Vatan yig`lar yigit yig`lasa…