Kaniza - Farzand nolasi

Kaniza

Farzand nolasi

Ma’yus-mahzun qolsam, qaddim egilib,
To`kis baxtimdan bir parchasi sinib,
Dadam bilsang, mehring ayamdek aziz,
Ayam bilsang, mehring dadamdek aziz.

Dada bilsang, mehring ayamdek aziz,
Aya bilsang, mehring dadamdek aziz.

Ayajonginam, dadajonginam,
Birga ko`rsam sizni – shu mening baxtim.
Ayajonginam, dadajonginam,
Birga ko`rar bo`lsam – shu aziz baxtim.

Farzand ma’yus qolsa, qaddini egib,
Taqdir oldida u kuchsizdek bo`lib.
Bir qanoti bir yon uchaman deydi,
Boshqa qanot esa o`zga yerlarga.

Bir qanoti bir yon uchaman deydi,
Boshqa qanot esa o`zga yerlarga.

Ayajonginam, dadajonginam,
Birga ko`rsam sizni – shu mening baxtim.
Ayajonginam, dadajonginam,
Birga ko`rar bo`lsam – shu aziz baxtim.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Farzand nolasi
Xonanda:
Kaniza
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 6, 2016