Kaniza - Marvarid qo'shiq matni, lyrics

Kaniza

Marvarid

Umarxonni bag`riga olgan “Dahmai Jahon”,
Nodirabegim uyqu topgan “Modarixon”.
“Norbo`tabek” madrasa ilmin hadyaga olgan,
Oqqandim, oqqandim, jon Qo`qonjonim.

Hudoyorxon saroyidan bir mulki jahon,
Muqimiy hujrasidan Xamzai tomon.
O`shal yo`llar aro dimoqqa urar rayhon,
Bu yerlarni gullatib, yashnagan Oyxon.

O`shal yo`llar aro dimoqqa urar rayhon,
Bu yerlarni gullatib, yashnagan Oyxon.

Ul marvarid, ul bir lobar,
Qanday go`zal, u dilobar.
Bir lolai, ul bir rayhon,
Nafis ul Oyxon. (x2)

Bir lolai, ul bir rayhon,
Nafis ul Oyxon.

Faxring erur Murodjon hofiz – bobojonim,
Xo`qondim-ey, oqqandim-ey, jon Qo`qonjonim.
Otabek-u, Kumushlarning muhabbat dostoni,
O`tkan kunlar allasinda ulg`aygan Oyxon.

Ul marvarid, ul bir lobar,
Qanday go`zal, u dilobar.
Bir lolai, ul bir rayhon,
Nafis ul Oyxon. (x2)

Bir lolai, ul bir rayhon,
Nafis ul Oyxon.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Marvarid
Xonanda:
Kaniza
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 16, 2017