Kaniza - Shaqillama

Kaniza

Shaqillama

Sovuq tushdi ko’chaga shaqillama-ey,
Erkakmisan o’zi san? Likillama-ey.
Xiyonatni o’zingdan boshlamagin-ey,
Bir vujudda kelgansan, sodiq qolgin-ey!

Bugun senga aytaman, tinglab ko’rgin-ey,
Oxirigacha eshitmay, to’xtat dema-ey.
Jahling bo’lsa, alaming raqsdan olgin-ey,
Bemazaga mazangni qo’shib yurma-ey!

Jon, jonim, jonim-ey, jonga jonim-ey,
Qasdim oldim raqsimdan, tinch yashagin-ey.
Jon, jonim, jonim-ey, jonga jonim-ey,
Shu baxtingga aqlim bor, ovunaman-ey. (x2)

G’adir-budir gaplaring, chuqurmisan-ey,
Asfalt yotqizilmagan ko’chamisan-ey?
Diktofoning yo’q bo’lsa, yozib olay-ey,
Bir o’zingni tinglab ko’r, noqulaysan-ey.

Yor, yorim, yorim-ey, yorma yoring-ey,
Bo’lar-bo’lmas gaplardan rosa ezding-ey.
Yor, yorim, yorim-ey, yorma yorga-ey,
Begonaga boringni tashlab ketma-ey! (x2)

Quyosh chiqsa ko’chaga yechinvorma-ey,
O’z qadringni arzonga pullavorma-ey.
Sotmas bo’lgan narsani ochib yurma-ey,
Hayot kaltaklaganda shaqillama-ey!

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Shaqillama
Xonanda:
Kaniza
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 12, 2014