Kaniza - Yor-yor

Kaniza

Yor-yor

Bugun endi o`z uyimga mehmon kunim,
Xayr deyman erkaligim, poshsholigim.
Shu ekanda qiz bolaning taqdir kuyi,
Baxtli kuni, ko`z yoshini to`kar to`yi.

Yor-yor, yor-yor,
O`zga uyga yangi qiz bo`ldim man, yor-yor.
Yor-yor, yor-yor,
O`z uyimga mehmon bo`ldim endi, yor-yor.

Shu kungacha malikadek asrab otam,
Kelin emas, qizi bo`lgin degan onam.
Kuyov uyin ostonasin bosgan kuning,
O`sha uyning farzandisan, jonim bolam.

Yor-yor, yor-yor,
O`zga uyga yangi qiz bo`ldim man, yor-yor.
Yor-yor, yor-yor,
O`z uyimga mehmon bo`ldim endi, yor-yor.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yor-yor
Xonanda:
Kaniza
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 14, 2016