• Karen Gafurjanov - Haydalish kuyi

    Karen Gafurjanov

    Haydalish kuyi

    Haydalish kuyini chalingiz,
    Ne qipti bo`lmasa, aytingiz?
    Ko`klardan zaminga qaytingiz,
    Ajralish kuyini chalingiz.

    Haydalish kuyini chalingiz,
    Bag`rimni kuy bilan tiling siz,
    Muhabbat yo`q ekan, biling siz.
    Ajralish kuyini chalingiz.

    Haydalish kuyini chalingiz,
    Ko`nglim, kech bilindi qadringiz,
    G`unchaning qalbida qabringiz,
    Ajralish kuyini chalingiz.

    Haydalish kuyini chalingiz,
    Bag`rimni kuy bilan tiling siz.
    Muhabbat yo`q ekan, biling siz,
    Ajralish kuyini chalingiz.

    Haydalish kuyini chalingiz,
    Demangiz biror so`z, demangiz.
    Muhabbat yo`q ekan, biling siz.
    Ajralish kuyini chalingiz.

    Haydalish kuyini chalingiz,
    Demangiz biror so`z, demangiz.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.