Har yigitning aslin bilay desangiz, {x2}
Ma’rakada o`tiru turishin ko`ring, {x2}
Birov bilan oshno bo`lay desangiz, {x2}
Avval iqrorinda turishin ko`ring,
Avval va’dasinda turishin ko`ring.

Uzoq-yaqin yera borar bo`lsangiz,
Mardlikning qilichin chalar bo`lsangiz,
Bir bedovni saylab borar bo`lsangiz, {x2}
Sabrisi siynasin kerishin ko`ring.

Bir pul tushsa bir iflosning qo`lina,
Ko`ksin kerib kezar kishining yerina,
Xaridor bo`lsangiz hiza garina, {x2}
Adabin ikromini, o`tirishin ko`ring. {x2}

Mard elga yarab, ishga shay bo`lsa,
Er ishtalab haydahoy bo`lsa,
O`zi hotam bo`lib, yana boy bo`lsa, {x2}
Chor tarafdan mehmon kelishin ko`ring,
Har tarafdan mehmon kelishin ko`ring.

Nomard yurar mudom o`limdan qochib,
Uyina borganda zahrini sochib,
Mard yigit mehmona ko`ksini ochib, {x2}
Nomardning mehmondan qochishin ko`ring. {x2}

Mard erning ishi suhba soz bo`lar,
Ko`ngli qish bo`lmayin doim yoz bo`lar.
Yaxshining ko`nglinda gina oz bo`lar, {x2}
Yomonning kunda bir urushin ko`ring. {x3}

Qadrdon qardoshdan uzoqdosh bo`lib, {x2}
Qadrsiz yo uzoq qarindosh bo`lib,
Maxtumhuli nosozlara duch bo`lib, {x2}
Xo`janing, sayyidning yurishin ko`ring. {x4}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ko’ring
Xonanda:
Komiljon Otaniyozov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 27, 2016