Kumush Razzoqova – Bevafoni kechirmaslar qo'shiq matni, текст песни, lyrics

Kumush Razzoqova

Bevafoni kechirmaslar

Muhabbatda vafoli bo`l,
Bevafoni kechirmaslar.
Vafodorga jafo qilma,
Ul jafoni kechirmaslar. (x2)

Sadoqat yo`lini tutgil,
Havoyi hisga aldanma.
Gar aldansang, xatodir bu,
Bul xatoni kechirmaslar.

Hayoliy yorga joningni
Baxsh etsang munosibdur.
Hayoni bir o`yin bilgan
Behayoni kechirmaslar.

Riyo birla go`zal bo`lmas,
Agar sen ul husndan kech.
Husn chehraga mehmondir,
Beriyoni kechirmaslar. (x2)

Iboli bo`l, ibo doimo
Ardoqli bir fazilatdir.
Ibo ko`rki erur yorning,
Beiboni kechirmaslar.

Sen ishqingni ulug`la,
Bir umrga sernavo qilgil.
Navoga tashna ko`ngillar,
Benavoni kechirmaslar. (x2)

Behayoni kechirmaslar,
Bevafoni kechirmaslar.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bevafoni kechirmaslar
Xonanda:
Kumush Razzoqova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 5, 2017