• Kumush Razzoqova - O'zbek xalq termalaridan popurri

    Kumush Razzoqova

    O’zbek xalq termalaridan

    Erta bilan turaman,
    Nahori nashta-yo, nahori nashta,
    O`ng qo`limda igna-yu,
    Tizzamda kashta-yo, tizzamda kashta.

    Borib ayting o`sha
    Qalami qoshga-yo, qalami qoshga,
    Ho, boraveradi, kelaveradi,
    Va’dasi boshqa-yo, va’dasi boshqa. (x2)

    Ey nozli yorim, ko`zi xumorim,
    Mehr bilan menga qarang,
    Vafoli yorim-ey, vafoli yorim.

    Soy bo`yida-yo yurgan yigit,
    Qoshu ko`zini suzgan yigit, (x2)
    Bilak uzugim olgan yigit-o,
    Endi bergin-o bilak uzugim. (x2)

    Oq otingga-yo yol bo`layin,
    Oq yuzingga-yo xol bo`layin, (x2)
    Yoring yo`qdir, yor bo`layin-o,
    Endi bergin-o bilak uzugim. (x2)

    Omon yor o`ynasangchi-ey, omon yor,
    Belingni bog`lasangchi-ey, omon yor. (x2)
    Davradagi raqqosaning, omon yor,
    Yuraklari jo`shibdi-ey, omon yor. (x2)

    Hay doda-yey, voy doda-yey, omon yor,
    Ochilib o`ynasangchi-ey, omon yor.
    Hay doda-yey, voy doda-yey, omon yor,
    Sochilib o`ynasangchi-ey, omon yor.

    Farg`onaning qizlari-ey, omon yor,
    Shahlo ekan ko`zlari-ey, omon yor. (x2)
    Nozlanib o`ynaganda-ey, omon yor,
    Ohu kabi o`zlari-ey, omon yor. (x2)

    Hay doda-yey, voy doda-yey, omon yor,
    Ochilib o`ynasangchi-ey, omon yor.
    Hay doda-yey, voy doda-yey, omon yor,
    Sochilib o`ynasangchi-ey, omon yor.

    Ochilib o`ynasangchi-ey, omon yor,
    Sochilib o`ynasangchi-ey, omon yor.