[Kumush Razzoqova]
Kuylayotgan qiz,
Nega ko`zing ma’yus?
Sevgi dardi yo yolg`onchi ishq
Yurakda qoldirdimi iz?

[Iroda Dilroz]
Hayot zavqin ko`rdim,
Kuylash baxtin ko`rdim,
Aytardim-u dardim, neligin o`zi
Bilmas beqaror ko`nglim.

[Kumush Razzoqova]
Qo`ygin, dardlar o`tadi,
Yoshlikka ne yetadi?

[Kumush Razzoqova va Iroda Dilroz]
Yomg`irdayin qadrdon,
Bahorday mehribon sevgi.
Yuraklarga kirib kel,
Jon ichida shirin jon sevgi. (x2)

[Iroda Dilroz]
Shirin sevgi…

[Iroda Dilroz]
Ayting ishqdan cho`chib,
Uzun ertak to`qib,
Bevafoni sevib qolmayin deb,
Dilga afsun o`qib yashaymi?

[Iroda Dilroz]
Dilda nimadir yig`lar,
Neligin kim bilar?

[Kumush Razzoqova]
Bu – muhabbat, qo`rqmagin sira undan,
Haydama dildan.

[Kumush Razzoqova va Iroda Dilroz]
Xush kelibsan, dilga shirin dard,
Salom sevgi, salom muhabbat.

Yomg`irdayin qadrdon,
Bahorday mehribon sevgi.
Yuraklarga kirib kel,
Jon ichida shirin jon sevgi. (x2)

[Iroda Dilroz]
Shirin sevgi…

[Kumush Razzoqova va Iroda Dilroz]
Yomg`irdayin qadrdon,
Bahorday mehribon sevgi.
Yuraklarga kirib kel,
Jon ichida shirin jon sevgi. (x2)

Shirin sevgi…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Salom muhabbat
Xonanda:
Iroda Dilroz, Kumush Razzoqova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 26, 2017