Kumush Razzaqova - Siz yoqqansiz menga hamisha

Kumush Razzoqova

Siz yoqqansiz

Siz yoqqansiz menga hamisha,
Faqat buni etmovdim oshkor.
O’ylovdimki, yurak topishar
Bizdan ketgach sabru ixtiyor.

O, men sizni qanchalar kutdim –
Mana oq soch, mana bu ajin.
Kunlarimni tortqilab yutdi
Shum yolg’izlik – farishta g’ajir.
Kunlarimni tortqilab yutdi
Shum yolg’izlik – farishta g’ajir.

Ortingizdan ketishim mumkin,
Yo’l tugasa, yo’lsiz tentirab.
Ammo, ayting, yig’laysiz nechun,
Manglayingiz devorga tirab?
Faqat, ayting, yig’laysiz nechun,
Manglayingiz devorga tirab?

O, hech sizga yetmasin ozor,
Tushunaman – yillar, andisha…
Faqat sizga etmovdim oshkor –
Siz yoqqansiz menga hamisha.
Faqat sizga etmovdim oshkor –
Siz yoqqansiz menga hamisha.

O’ylovdimki, yurak topishar
Bizdan ketgach sabru ixtiyor.
Faqat sizga etmovdim oshkor –
Siz yoqqansiz menga hamisha.
Faqat sizga etmovdim oshkor –
Siz yoqqansiz menga hamisha.

Siz yoqqansiz menga hamisha…
Siz yoqqansiz menga hamisha…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Siz yoqqansiz
Xonanda:
Kumush Razzoqova
Muallif:
Usmon Azim
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 28, 2013