• Daryodin oqib kelodi shoda-shoda marvarid, {x2}
    Ro`paramda o`tirar qoshi qaro, barno yigit,
    Qoshi qaro barno yigit. (x2)

    Qoshi qaro, barno yigit, hargiz ololmaysan meni, {x2}
    Kokilim qimmatbaho, tashlab ketolmaysan meni,
    Tashlab ketolmaysan meni. (x2)

    (O-o, marvarid… (x2))

    Tog`dagi barra giyohdek qoshlaringdan aylanay,
    Bog`dagi barra giyohdek qoshlaringdan o`rgilay.
    Yangi chiqqan maysadek kipriklaringdan aylanay,
    Kipriklaringdan o`rgilay.

    Yangi chiqqan maysadek kipriklaringdan aylanay,
    Kipriklaringdan o`rgilay, a-a.

    Silkinib turgan kiyikdek bo`ylaringdan aylanay,
    Silkinib turgan kiyikdek bo`ylaringdan o`rgilay.
    Oppoq-oppoq marvariddek tishlaringdan aylanay,
    Tishlaringdan o`rgilay.

    Oppoq-oppoq marvariddek tishlaringdan aylanay,
    Tishlaringdan o`rgilay, o-o.

    (O-o, marvarid… (x2))

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.