• Leyla - Ota-ona

    Leyla

    Ota-ona

    Vaqti kelsa yoru do`st ham mehrin ayar,
    Kuysang kuyar, gar yiqilsang, tog`day suyar.
    O`zgalarga bu holing hech nima ekan,
    Jonajoning faqat ota-onang ekan.

    Yo`l ko`rsatgay duolari qotganida bosh,
    Qalqon bo`lgay g`animlaring otganida tosh.
    O`zgalarga bu holing hech nima ekan,
    Qadrdoning faqat ota-onang ekan,
    Mehriboning faqat ota-onang ekan.

    Kechir ona, qadringga kech yetibman-a,
    Afsus ota, xato qilgan ekanman-a.
    Ko`kka yetgan boshim yerga tegdi mana,
    O`zgalarga bu holing hech nima ekan,
    G`animating faqat ota-onang ekan.

    Vaqti kelsa yoru do`st ham mehrin ayar,
    Kuysang kuyar, gar yiqilsang, tog`day suyar.
    O`zgalarga bu holing hech nima ekan,
    Qadrdoning faqat ota-onang ekan,
    Jonajoning faqat ota-onang ekan.

    Jonajoning faqat ota-onang ekan.

    Ushbu qo’shiq matni uchun Shahriyor Toshev (@shaxrickpro)ga minnatdorchilik bildiramiz.