• Leyli - Dunyoyimsan

    Leyli

    Dunyoyimsan

    Sen dunyoyimsan…

    Mehringning taftidan dunyoyim yorishar,
    Tutsam gar kaftidan, yuragim ovunar.
    Kimgadir arzimas ko’ringan narsalar
    Aslida tenggi yo’q unutilmas lahzalar.

    Senga bergan mehrim dengizdan bir tomchi,
    Ko’rmasam o’rtaydi yuragim sog’inchi.

    Sen mening borim, yozu bahorim, sen osmonim,
    Ikki dunyo tanhosi, o’zing hayotim ma’nosi.
    Yorug’ jahonim, sen mening butun dunyoyimsan,
    Sensiz tanamda yo’qdir mening jonim, sen keragim.

    Sen dunyoyimsan, sen hayotimsan,
    Sen keragimsan, sen hayotimsan.

    Mening dunyoyimni yaratgan o’zgacha,
    Kelishingni bilib, kutdim shu paytgacha.
    Yuzingdagi shirin kulgichlaring sog’indim,
    Ko’rganda negadir yosh boladek quvondim.

    Ming bir dardga davo berar tabibim,
    Hayot taqdim etgan yuksak mukofotim.

    Ovozim titrab, qo’shig’imni yurakdan kuylay,
    Tugamasdan so’nggi naqorat baxtimni topay.
    Ovozim titrab, qo’shig’imni yurakdan kuylay,
    Tugamasdan so’nggi naqorat baxtimga yetay.

    Sen dunyoyimsan, sen hayotimsan,
    Sen keragimsan, sen hayotimsan.