• Leyli - Yomg'ir ostida

    Leyli

    Yomg’ir ostida

    (Yolg’izlik doim odamlar ortidan quvib yuradi.
    U qo’lingizdan tutishi bilan eng yaqin do’stingizga aylanadi.
    Sizni aslo qo’yib yubormasdan har daqiqada zulmat sari yetaklaydi.
    Yuragingizdagi barcha quvonchni itarib tashlaydi-da, qalbingizni zabt etadi.
    Keyin esa butun umr mana shu do’stingiz bilan kurashib yashaysiz.
    Bu kurashda faqatgina ishonch sizni qutqaradi.
    Men ham kimgadir ishonishni xohlayman.
    Lekin afsus, kimga?)

    Minglab insonlar ichra
    O’zimni yolg’iz his etib yashayman, (u)
    Ko’zga ko’rinmas devor
    Barpo etib bir kam dunyoga bosh egmayman.

    Kuz yomg’iriga aylanar ko’z yoshim, (mm)
    Yig’laydi yolg’izlikdan o’rtangan ko’nglim.

    Yolg’izlik yopinchig’im,
    Bag’rimga bosib baxtimni so’rayman,
    Kuchli bo’lishim uchun
    O’tmishimning yuziga qo’rqmay tik qarayman.

    Kuz yomg’iriga aylanar ko’z yoshim, (mm)
    Yig’laydi yolg’izlikdan o’rtangan ko’nglim.

    Kuz yomg’iriga aylanar ko’z yoshim,
    Yig’laydi yolg’izlikdan o’rtangan ko’nglim. (x2)

    Kuz yomg’iriga aylanar ko’z yoshim…