Lola Ahmedova - Baxtli sevgi

Lola Ahmedova

Baxtli sevgi

Hayot daryoday, to`lqini bordir,
U kimga baxt, kimga ozordir.
Lek yuraklarda muhabbat bo`lsa,
Dunyo bizga mangu bahordir.

Jonim, misoli afsonaga
Aylanar bizning sevgimiz,
Yog`duga to`la osmon uzra
Yonib turar yulduzimiz.

Baxtli sevgi bu dunyoda bilaman men, bor-ey,
Lekin biz uni har doim izlab yuramiz.
Baxtli sevgi bu dunyoda bo`lar beozor-ey,
Yonimizda bor bo`lsa ham, sezmay qolamiz. (x2)

Olis yo`llarga boshlar orzular,
Dilga yoqar shirin tuyg`ular.
Lekin adashsak, yo`llarimizda
Qolar alam, qolar qayg`ular.

Sevgim samosida ucholsam,
Ko`ngil seni der, sevgilim.
Mening yuragim sohilida ham
Borsan bir o`zing, yolg`izim.

Baxtli sevgi bu dunyoda bilaman men, bor-ey,
Lekin biz uni har doim izlab yuramiz.
Baxtli sevgi bu dunyoda bo`lar beozor-ey,
Yonimizda bor bo`lsa ham, sezmay qolamiz. (x2)

Baxtli sevgi bu dunyoda… he-ey…
Baxtli sevgi bu dunyoda… ha-ey…

Baxtli sevgi bu dunyoda bilaman men, bor-ey,
Lekin biz uni har doim izlab yuramiz.
Baxtli sevgi bu dunyoda bo`lar beozor-ey,
Yonimizda bor bo`lsa ham, sezmay qolamiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Baxtli sevgi
Xonanda:
Lola Ahmedova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 27, 2016