Lola Ahmedova - Erka desam qo'shiq matni, lyrics

Lola Ahmedova

Erka desam

O`zimni erka desam,
Mandan ham erka ekan,
Sevgiga ishi tushmagan.
O`zimni osmon desam,
Mandan ham osmon ekan,
Bilsa ham, yerga tushmagan. (x2)

Erta-yu kech yonarman,
Hamon izlab borarman,
Xasta bo`lib bitta sevgiga.
Ishq – bu qalbga havodur,
Shirin dardga navodur,
Yo`l toparman qachon ko`ngliga?

Har soat yurak urar,
Xasta yurak seni so`rar,
Yo`q bo`lar dardlarim, kelsang.
Kelgan kuning yuzim kular,
Ko`nglim nurlarga to`lar,
Agar sog`inganimni bilsang.
Voy, voy, voy.

O`zimni erka desam,
Mandan ham erka ekan,
Sevgiga ishi tushmagan.
O`zimni osmon desam,
Mandan ham osmon ekan,
Bilsa ham, yerga tushmagan. (x2)

Lovullatib yurakni,
Yarim qilma tilakni,
Nahot bilmayabsan kutganim?
Yerdaman, yerga tush,
Bo`ldi endi ko`rma tush,
Yetar shuncha azob chekkanim, jonim.

O`zimni erka desam,
Mandan ham erka ekan,
Sevgiga ishi tushmagan.
O`zimni osmon desam,
Mandan ham osmon ekan,
Bilsa ham, yerga tushmagan.

O`zim-o`zim, o`zimni erka desam,
Mandan ham erka ekan,
Sevgiga ishi tushmagan.
Oh, o`zimni osmon desam,
Mandan ham osmon ekan,
Bilsa ham, yerga tushmagan.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Erka desam
Xonanda:
Lola Ahmedova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 29, 2018