Oh, oh uradi
Qalbimdagi sog’inchlarim,
Hech tinch qo’ymaydi, yana izlayveradi,
Seni nigohlarim.
Yo’q, ketma yiroq, ketma uzoq,
Ortar firoq.

Sen yuragimning
Har bir urgan zarbisan, jonim.
Sen rostu yolg’on,
Orzuim, armonimsan yolg’izim, yorim.

Kechalar yolg’izlik bag’rida o’zim,
Tinglarman mavj urgan, aytib dardlarin.
Nogahon tushganda osmonga ko’zim,
Tinglaydi jimgina bor hasratlarim.
Yo’q, ketma yiroq, ketma uzoq,
Ortar firoq.

Sen yuragimning
Har bir urgan zarbisan, jonim.
Sen rostu yolg’on,
Orzuim, armonimsan yolg’izim, yorim. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Jonim
Xonanda:
Lola Ahmedova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 11, 2014