Lolajon, lolajon, lolajon, lola,
Lolajon, lolajon, lolajon. (x2)

Senga sevgim – sevgilarning tozasi,
Yurakkinam – ishqimning gul kosasi. (x2)
Bir bor qiyo aylasang-chi zoringga,
Yulduzlarni uyg’otdi oh-nolasi. (x2)

Lolajon, lolajon, lolajon, lola,
Lolajon, lolajon, lolajon. (x2)

Samo yaqin, oy yaqin, sensan uzoq,
Har subhidam ichganim achchiq firoq. (x2)
Qirq kokiling asiri qirq ming xayol, (x2)
Qaro zulfing dilimga qo’ymish tuzoq. (x2)

Lolajon, lolajon, lolajon, lola,
Lolajon, lolajon, lolajon. (x2)

Oxiri yo’q hijron, nolalarning,
Ko’zlarimning yomg’iri jolalarning. (x2)
Dardim aytib, bag’rini qon ayladim (x2)
Adirdagi qizg’aldoq, lolalarning. (x2)

Lolajon, lolajon, lolajon, lola,
Lolajon, lolajon, lolajon. (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Lolajon
Xonanda:
Lola Ahmedova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 9, 2015