• Lola Ahmedova - Unutolmadim

    Lola Ahmedova

    Unutolmadim

    Unutishga urindim unutolmadim,
    Ko’zlarim yoshini tinitolmadim,
    Birozgina tanho yashadim, ammo
    Lekin jonim sensiz ko’nikolmadim. (x2)

    Mendan kechib yiroqlarga ketmagin,
    Senga bo’lgan sevgim uvol etmagin,
    Afsus, hijron, alam-g’amlar bilan
    Xayrlashuv maktubini bitmagin.

    Mendan kechib yiroqlarga ketmagin, ketmagin,
    Senga bo’lgan sevgim uvol etmagin, etmagin,
    Afsus, hijron, alam-g’amlar bilan, bilan,
    Xayrlashuv maktubini bitmagin, bitmagin.

    Bu dunyoda sening uchun yaralganman,
    Yuragingga savol bo’lib taralganman, (x2)
    Ertaklardagidek shahzodamsan,
    Sen uchun malikaga aylanganman.

    Mendan kechib yiroqlarga ketmagin, ketmagin,
    Senga bo’lgan sevgim uvol etmagin, etmagin,
    Afsus, hijron, alam-g’amlar bilan, bilan,
    Xayrlashuv maktubini bitmagin, bitmagin.

    (Ketmagin, ketmagin, ketmagin, ketmagin.) (x2)

    Qani endi yoningda bo’lib qolsam,
    Yo’llaringda chirog’ing bo’lib yonsam, (x2)
    Vujudingda yashash bu orzuim,
    Havo bo’lib bag’ringga kirib borsam. (x2)

    Mendan kechib yiroqlarga ketmagin, ketmagin,
    Senga bo’lgan sevgim uvol etmagin, etmagin,
    Afsus, hijron, alam-g’amlar bilan, bilan,
    Xayrlashuv maktubini bitmagin, bitmagin.

    Mendan kechib yiroqlarga ketmagin,
    Senga bo’lgan sevgim uvol etmagin,
    Eh, afsus, hijron, alam-g’amlar bilan
    Xayrlashuv maktubini bitmagin.

    Senga bo’lgan sevgim uvol etmagin, etmagin,
    Mendan kechib yiroqlarga ketmagin, ketmagin.