Lola Ahmedova - Xokisor bo'l

Lola Ahmedova

Xokisor bo’l

Xokisor bo’l, tuproq bo’l,
Kamtarga kamol derlar.
Ko’z quvonchi – chechaklar
Tuproqdan unar denglar.

Ne’matlarga ko’milgan
Hayoting, jon omondir.
Yaqinlaring yoningda
Noshukurlik yomondir.

Otayotgan har bir tong,
Asli bizga bir imkon.
Har ne kelar bu boshga
Hikmatsiz emas, ishon.

Otayotgan har bir tong,
Asli bizga bir imkon.
Umri ibratga to’lar
Kimda umid va iymon.

Chiroyli bo’lsa siyrat,
Go’zal bo’lar surat ham.
Sayqal berib turmasa,
Qular qalb, imorat ham.

Yoshlik erur omonat,
Omonat asli hayot.
Yaxshiliklar mangudir,
Ezgulikdir barhayot.

Otayotgan har bir tong,
Asli bizga bir imkon.
Har ne kelar bu boshga
Hikmatsiz emas, ishon.

Otayotgan har bir tong,
Asli bizga bir imkon.
Umri ibratga to’lar
Kimda umid va iymon.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xokisor bo’l
Xonanda:
Lola Ahmedova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 16, 2015