Lola Ahmedova - Yomg'ir qo'shiq matni, lyrics

Lola Ahmedova

Yomg’ir

Yomg`ir yog`ar, yog`ar armonim,
Ikki ko`zim – ikki osmonim.
Mening yaxshim, mening yomonim,
Osmon yig`lar, sizni sog`inib.

Bardoshlarni sindirar yomg`ir,
Bag`rimda g`am undirar yomg`ir,
Ko`z yoshimdan kun ko`rar yomg`ir,
Armon yig`lar sizni sog`inib.

Ko`zlarimda ko`zlaringiz qolib ketdi,
Alvon dilda izlaringiz qolib ketdi.
Adash yo`llar sizni qayga olib ketdi?
Osmon yig`lar, hamon yig`lar sog`inib.

Oromlarni kesar xayollar,
Yuragimni ezar savollar.
Sevgimizni ko`klarga sochib,
Olib ketdi bedil shamollar.

Ko`zlarimda ko`zlaringiz qolib ketdi,
Alvon dilda izlaringiz qolib ketdi.
Adash yo`llar sizni qayga olib ketdi?
Osmon yig`lar, hamon yig`lar sog`inib. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yomg’ir
Xonanda:
Lola Ahmedova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 15, 2017