• Lola Ahmedova - Yurtdan ayrilma

    Lola Ahmedova

    Yurtdan ayrilma

    (G`urbatda g`arib shodmon bo`lmas emish,
    El anga shafiqu mehribon bo`lmas emish.
    Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,
    Bulbulg`a tikondek oshyon bo`lmas emish.)

    Odam borki, ona yurtsiz yasholmas,
    Jonzot borki, jonga najot izlagay.
    Qanotdan ayrilsa, qushlar ucholmas,
    Chamandan ayrilsa, bulbul bo`zlagay. {x2}

    Yor hijroni agar dilni tig`lasa,
    Yurt firog`i jismu jonni tig`lagay.
    Yoridan ayrilgan bir yil yig`lasa,
    Yurtidan ayrilgan ming yil yig`lagay. (x2)

    Ey odamzod, dunyo kezar bo`lsang ham,
    Yurt sog`inchi bir kun diling dog`lagay.
    Yurtdan kechma, jondan kechar bo`lsang ham,
    Yurtidan ayrilgan ming yil yig`lagay,
    Vatandan ayrilgan ming yil yig`lagay.

    Yor hijroni agar dilni tig`lasa,
    Yurt firog`i jismu jonni tig`lagay.
    Yoridan ayrilgan bir yil yig`lasa,
    Yurtidan ayrilgan ming yil yig`lagay.

    O`z yurtidan judo vatangadolar
    O`zga yurtning mozoriga sig`magay.
    Asrlar qa’ridan kelgay sadolar:
    Yurtidan ayrilgan ming yil yig`lagay,
    Vatandan ayrilgan ming yil yig`lagay.

    Yor hijroni agar dilni tig`lasa,
    Yurt firog`i jismu jonni tig`lagay.
    Yoridan ayrilgan bir yil yig`lasa,
    Yurtidan ayrilgan ming yil yig`lagay. (x2)