Lola, Sarvar va Komil

Askar maktubi

Salom ona, onajonginam,
Yana sizga yozmoqdaman xat.
Salomatmi aziz otam ham?
Ukalarim yurgandir xushvaqt.

Salom ona, onajonginam,
Bugun sizga yozmoqdaman xat.
Salomatmi aziz otam ham?
Ukalarim yurgandir xushvaqt.

Boshim uzra yulduz charog’on,
Chegarada turibman sergak.
Yurt bo’lsin deb tinch va farovon,
Doim bedor uradi yurak.

Onajonim, onajonginam,
Sizga mehrim tilagimda jam.
Qutlug’ bo’lsin, muborak bo’lsin,
Eng ulug’ va eng aziz bayram.

Salom sevgilim, senga yozarman xat,
Qalbimda sog’inch bilan sadoqatimni asrab.
Har doim yuragimda kulib turgan surating,
Yozgan xatingdagi so’zlaring – “omon qaytgin”.

Toki borman, sog’-omonman,
G’urur bilan ona yurtim tinchligin saqlagayman.
Toki bor bilakda kuchim,
O’zdan kechib bo’lsa hamki to abad kurashar,
Yuragida Vatan mehri bor bo’lgan har bir askar.

Salom sevgim, salom sevgilim,
Yana bugun yozmoqdaman xat.
Diydorlashish onlari har kun
Sog’inch bilan kutarman faqat.

Men yaxshiman, siz bo’ling omon,
Faxrim – yuzingiz yorug’ bo’lsin.
Tilaymanki har bir askarni
Tangrim panohida asrasin.

Askar bo’lib ulg’aydim bugun, (o’zbek o’g’loni)
Ona Vatan nedir, angladim. (g’ururim o’zing)
Jonim fido elu yurt uchun, (Vatanim uchun)
Mard bobolar yo’lin tanladim.

Omon bo’ling mening sevgilim,
Sizga mehrim tilagimda jam.
Qutlug’ bo’lsin, muborak bo’lsin,
Eng ulug’ va eng aziz bayram.

Xayr sevgim, xayr onajon,
Doimo tinch bo’lsin ko’nglingiz.
Toki tinchsiz, sog’-salomatsiz,
Meni asrar sizning mehringiz.

Salom bilan askar o’g’lingiz…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Askar maktubi
Xonanda:
Lola, Sarvar va Komil
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 8, 2015