Lola Yuldasheva - Aylonayin

Lola

Aylonayin

Yuragimdagi cho’g’-cho’g’,
Tunlari uyqum yo’q-yo’q,
Bedorman-ey, hey bejonman-ey.

Sening bir bo’ying yo’q-yo’q,
Qilasan doim do’q-do’q,
Sezmaysan-ey, hey bilmaysan-ey.

Yuragimda atalgan muhabbat,
Faqat senga, faqat senga.

Aylonayin, ho aylonayin,
Belingga belbog’ bo’lib boylanoyin.
Aylonayin, ho aylonayin,
Yurgan yo’llaringdan-ey aylonayin.

Senga aytar so’zim bor-bor,
Mehringga yurak zor-zor,
Qiynaysan-ey, hech bilmaysan-ey.

Beparvo bo’lma yor-yor,
Sensiz bu dunyo tor-tor,
Ko’rmaysan-ey, hech sezmaysan-ey.

Yuragimda atalgan muhabbat,
Faqat senga, faqat senga.

Aylonayin, ho aylonayin,
Belingga belbog’ bo’lib boylanoyin.
Aylonayin, ho aylonayin,
Yurgan yo’llaringdan-ey aylonayin. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Aylonayin
Xonanda:
Lola
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 13, 2015