Lola Yuldasheva - Bahor

Lola

Bahor

Tomchi-tomchi-tomchi yomg’ir,
Shamol esdi-esdi g’ir-g’ir,
Baxmal-baxmal bo’ldi bo’gim,
Gullarga to’ldi quchog’im.
Yashil-yashil-yashil o’tlar,
Orasida sariq gullar,
O’rik guli oq kapalak,
Osmonda kamon kamalak.

Bahor, bahor,
Bizga bo’lar yangi hayot yor,
Bahor, bahor,
Bizga bo’lar yangi hayot yor.

Qancha-qancha-qancha boqsam,
Osmonga tekkan tog’larga,
Ko’zim-ko’zim-ko’zim to’ymay,
O’zim boraman bog’larga.
Tegib-tegib toshdan toshga,
Shoshib oqadi shalola,
Yuzin ochar erkalanib,
Bahor qizi qizil lola.

Bahor, bahor,
Bizga bo’lar yangi hayot yor,
Bahor, bahor,
Bizga bo’lar yangi hayot yor.

Tomchi-tomchi-tomchi yomg’ir,
Shamol esdi-esdi g’ir-g’ir,
Baxmal-baxmal bo’ldi bo’gim,
Gullarga to’ldi quchog’im.
Yashil-yashil-yashil o’tlar,
Orasida sariq gullar,
O’rik guli oq kapalak,
Osmonda kamon kamalak.

Bahor, bahor,
Bizga bo’lar yangi hayot yor,
Bahor, bahor,
Bizga bo’lar yangi hayot yor. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bahor
Xonanda:
Lola
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 5, 2013