Lola Yuldasheva - Farhod va Shirin

Lola

Farhod va Shirin

Yulduzli tunlar, sirli tuyg’ular,
Rashk qamrovida ojiz tuyular.
Sarsondir ular, afsonaviy dillar.
G’ururi ustun, manzili uzun,
Yeta olmasdan yuraklar mahzun.
Ishqning yo’lida, baxti qo’lida.

Farhod va Shirin, taqdiri o’yin,
Chin sevgi uchun kurashar faqat
Farhod va Shirin.

Farhod va Shirin, taqdiri qiyin,
Bir biri uchun yaralgan abad,
Farhod va Shirin.

Ro’yoyimda nafrat, dilda esa hasrat,
O’rtada tuyg’u yetaklar faqat,
Sirli muhabbat, ojiz muhabbat.
Yurak sen tomon chorlasa hamon,
Sog’inch g’ururim yengadi oson,
Orzular osmon, sog’indim yomon.

Farhod va Shirin, taqdiri o’yin,
Chin sevgi uchun kurashar faqat
Farhod va Shirin.

Farhod va Shirin, taqdiri qiyin,
Bir biri uchun yaralgan abad,
Farhod va Shirin.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Farhod va Shirin
Xonanda:
Lola
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 28, 2014