• Lola Yuldasheva va Rashid Xoliqov – Hayot davom etar

    Lola, Shahzod guruhi

    Hayot davom etar

    [Rashid Xoliqov]
    Kim sevib, kim sevilmay, armonlar ichra ketar,
    Kim quvonch, kimlar alamdan manzili sari yetar.

    [Lola Yuldasheva]
    Bu hayot ummonida kimlar juftin izlaydi,
    Vatangado bo`lib kim, arosatda bo`zlaydi.

    [Rashid Xoliqov]
    Kimdir mehr ulashib, oromidan kechadi,
    [Lola Yuldasheva]
    O`zganing baxti uchun bisotini sochadi.

    [Lola Yuldasheva va Rashid Xoliqov]
    Hayot davom etar, davom etar hayot,
    Muhabbatimizdan yaralsin asli bu dunyo.
    Hayot davom etar, orzu bo`lsin qanot,
    Lahzalarimizni mehrga to`ldirsin dunyo.

    [Rashid Xoliqov]
    Nokas esa payt poylab, ortingdan tosh otadi,
    Orsiz bir pulga ajab, vijdon-u, tan sotadi.

    [Lola Yuldasheva]
    Bu hayotda kim topar, kim nima yo`qotadi,
    Taqdir kimni qayoqqa so`ramasdan otadi.

    [Rashid Xoliqov]
    Beshikdan to qabrga, kimlar qanday ketadi,
    [Lola Yuldasheva]
    Mehr ulashgan insonlar murodiga yetadi.

    [Lola Yuldasheva va Rashid Xoliqov]
    Hayot davom etar, davom etar hayot,
    Muhabbatimizdan yaralsin asli bu dunyo.
    Hayot davom etar, orzu bo`lsin qanot,
    Lahzalarimizni mehrga to`ldirsin dunyo. (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.