• Lola Yuldasheva - Kel

    Lola

    Kel

    Sensiz uyim huvillab qolar,
    O’ylab ko’rsam vujudim titrar,
    Ketganingdan ko’p vaqt o’tmadi.
    Ammo sensiz bo’lgan nonushtalar,
    Tobora menga seni eslatar
    Javondagi bu suratlar,
    Tinmay yuragim so’rar.

    Kel, bir bor bag’rimga to’yib bosay,
    Kel, sevgimga yana men erishay.
    Kel, qayg’ularimdan yiroq ketay,
    Kel, yana sevay, men his etay mehringni.

    Sensiz qalbim quvonch sezmas,
    O’ylab ko’rsang bir mendan emas,
    Ikkimizdan ham xato o’tdi.
    Ammo ginalarni unutganman,
    Har kun, har tun seni kutaman,
    Go’yo hozir sen kelasan,
    Tinmay yuragim so’rar.

    Kel, bir bor bag’rimga to’yib bosay,
    Kel, sevgimga yana men erishay.
    Kel, qayg’ularimdan yiroq ketay,
    Kel, yana sevay, men his etay mehringni. (x2)