Lola Yuldasheva - Manzillar

Lola

Manzillar

Sen u yerda, men bu yerda,
Oramizda manzillar.
Ayt qayerda, ayt qayerda
Qoldi qilgan orzular? (x2)

Hech ham o’ylamasdim, sendan ayrilish
Bunchalik azobli bo’lar deb.
Aqlimga sig’maydi, dilimni tirnaydi,
Shu bitta kichkina yuragim.

Sen u yerda, men bu yerda,
Oramizda manzillar.
Ayt qayerda, ayt qayerda
Qoldi qilgan orzular? (x2)

O’ylamay deymanu yuragim qo’ymaydi,
Go’yo vujudim asir etgan.
Hech taslim bo’lmayman, boshimni egmayman,
Taqdirning o’tkazgan zulmiga.

Sen u yerda, men bu yerda,
Oramizda manzillar.
Ayt qayerda, ayt qayerda
Qoldi qilgan orzular? (x3)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Manzillar
Xonanda:
Lola
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 17, 2016