Lola Yuldasheva - Qiynalar qalbim

Lola

Qiynalar qalbim

Qiynalar qalbim oltin qafasda,
Sezilmas yo`g`u-borim hayotda.
Shunchaki qo`g`irchoq, mavjudman go`yo,
Baxt men uchun orzu, bir ro`yo.

Yo`q, ayblolmayman taqdirni,
Ayblolmayman o`zimni,
Ayblolmayman seni ham. Aybdor kim?

Qaniydi orzular, qaniydi umidlar,
Ro`yobga oshsa, ey Tangrim,
Sezay borim, keragim.
Qachon bu ertaklar meni ham yetaklar
Menga atalgan baxt tomon?
Kutgum har on, hamon.

Mening osmonimni qopladi bulutlar,
Dardlarimni tinglab, yig`laydilar ular.
Bunday hayotni men qilmagandim havas,
Menga sof tuyg`ular bo`lsagina bas.

Yo`q, ayblolmayman taqdirni,
Ayblolmayman o`zimni,
Ayblolmayman seni ham. Aybdor kim?

Qaniydi orzular, qaniydi umidlar,
Ro`yobga oshsa, ey Tangrim,
Sezay borim, keragim.
Qachon bu ertaklar meni ham yetaklar
Menga atalgan baxt tomon?
Kutgum har on, hamon.

Yo`q, ayblolmayman taqdirni…
Ayblolmayman seni ham. Aybdor kim?

Qaniydi orzular, qaniydi umidlar,
Ro`yobga oshsa, ey Tangrim,
Sezay borim, keragim.
Qachon bu ertaklar meni ham yetaklar
Menga atalgan baxt tomon?
Kutgum har on, hamon.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qiynalar qalbim
Xonanda:
Lola
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 6, 2016