• Tohir Sodiqov va Lola Yuldasheva - Undan nimam kam

    Lola, Tohir Sodiqov

    Undan nimam kam

    [Tohir Sodiqov]
    Sen unikisan, faqat shudir eng katta dardim,
    [Lola Yuldasheva] Undan nimam kam?
    [Tohir Sodiqov]
    Sen unikisan, faqat shundadir undan farqim,
    [Lola Yuldasheva] Undan nimam kam?
    [Tohir Sodiqov]
    O’sha osmon, o’sha yurak, o’sha orzular,
    Lekin sening yuragingda men emasman, men emasman.

    [Tohir Sodiqov]
    Aytgin menga shuni, aytgin undan nimam kam?
    [Lola Yuldasheva] Undan nimam kam?
    [Tohir Sodiqov]
    Aytgin menga shuni, aytgin og’ir bo’lsa ham,
    Undan nimam kam? Undan nimam kam?

    [Lola Yuldasheva]
    Ikkimizni ham shu holga solgan faqat sensan,
    [Tohir Sodiqov] Undan nimam kam?
    Nega hech qachon sen aybingni tan ololmaysan?
    [Tohir Sodiqov] Undan nimam kam?
    [Lola Yuldasheva]
    O’sha sevgi, o’sha so’zlar, o’sha va’dalar,
    Lekin sening ko’zlaringda men emasman, men emasman.

    [Lola Yuldasheva]
    Aytgin menga shuni, aytgin undan nimam kam?
    [Tohir Sodiqov] Undan nimam kam?
    [Lola Yuldasheva]
    Aytgin menga shuni, aytgin og’ir bo’lsa ham,
    Undan nimam kam? Undan nimam kam?

    [Tohir Sodiqov] Nahot ishonmaysan?
    [Lola Yuldasheva] Men ishonmayman!
    [Tohir Sodiqov] Chin so’zlarimga?
    [Lola Yuldasheva] So’zlaring yolg’on.
    [Tohir Sodiqov] Axir sendan o’zga,
    [Lola Yuldasheva] O’sha va’dalar…
    [Tohir Sodiqov] Kerakmas menga.

    [Tohir Sodiqov va Lola Yuldasheva]
    Aytgin menga shuni, aytgin undan nimam kam?
    [Lola Yuldasheva] Undan nimam kam?
    [Tohir Sodiqov va Lola Yuldasheva]
    Aytgin menga shuni, aytgin og’ir bo’lsa ham,
    Undan nimam kam? Undan nimam kam? (x1+x1)