Lola Yuldasheva - Xabar ol

Lola

Xabar ol

Dardu dard ezar, dardimni kim sezar?
Kecholmadim seni sevib-sevib.
Seni ko`rgim kelar, yana sevgim kelar,
Muhabbating, jonim, sezib-sezib.

O xayol, nelarni o`ylaysan?
Xabar ol, xabar ol mani dardu holimdan,
Xabar ol, xabar ol mani xasta dilimdan.
Nazar sol, nazar sol, mani asta yo`limga,
Xabar ol, sog`inchim “yana kelgin”, deydi,
Meni sevgin, deydi.

Qanchalar yondi yuraklar,
Seni sevib menday, xuddi menday.
Lek yana qayta yuragingda bo`lgim kelar.

Dardu dard ezar, dardim yana qiynar,
Unutolmay seni sevib-sevib.
Sendan baxt kutaverdim, mehring sezolmadim,
Balki ko`nglingni topa olmadim?

Xabar ol, xabar ol mani dardu holimdan,
Xabar ol, xabar ol mani xasta dilimdan.
Nazar sol, nazar sol, mani asta yo`limga,
Xabar ol, sog`inchim “yana kelgin”, deydi.

O xayol, shirinsan, shirinsan… Xabar ol…

Xabar ol, xabar ol mani dardu holimdan,
Xabar ol, xabar ol mani xasta dilimdan.
Nazar sol, nazar sol, mani asta yo`limga,
Xabar ol, sog`inchim “yana kelgin”, deydi,
Meni sevgin, deydi.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xabar ol
Xonanda:
Lola
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 4, 2016