Lola Yuldasheva - Xayr

Lola

Xayr

Ming bora senga aytardim,
O’tinardim, o’zgararmisan deya.
Xatolaring unutardim, kechirardim,
O’zgararmisan deya.

Kechalarimda, sahrolarimda,
Seni izlaganimda qaylarda eding?
Kechalarimda, sahrolarimda,
Seni izlaganimda…

Xayr, xayr endi,
Ortga qarama, qarama.
Xayr, xayr endi,
Meni izlama, izlama.
Bir bor singan qalbim
Yana qiynama, qiynama, ket.

Seni deb ne g’iybatlarga ko’z yumardim,
O’zgalardan voz kechib.
Oq-qorani ajratmasdim, anglamasdim,
So’zlaringga ishonib.

Kechalarimda, sahrolarimda,
Senga ishonganimda qaylarda eding?
Kechalarimda, sahrolarimda,
Senga zor bo’lganimda…

Xayr, xayr endi,
Ortga qarama, qarama.
Xayr, xayr endi,
Meni izlama, izlama.
Bir bor singan qalbim
Yana qiynama, qiynama, ket. (x2)

(Qiynama-qiynama… Izlama-izlama…(x2))

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xayr
Xonanda:
Lola
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 31, 2015